Buxgalter uchun avtomatik tekshiruv tizimi
Bank ko'chirmasi bilan faktura ro'yxatini yuklang — tizim har bir kontragent bo'yicha raqamlarni solishtiradi va farq borlarini ajratib beradi.
Qo'lda bir necha kun ketadigan ish bir necha soniyada.
Tizim to'langan pul bilan kelgan fakturani kontragent kesimida solishtiradi va farq borlarini ajratib ko'rsatadi.
Karta so'ralmaydi. 1 noyabrgacha korxona soni cheksiz, sverka ham cheksiz.
1,37 mlrd
so'm aylanmada sinovdan o'tgan
58
ta avtomat tekshiruv, har o'zgarishdan keyin
6
ta haqiqiy bank fayli — etalon to'plam
Oylik sverka — ikki xil kun
Haqiqiy sinovda: 1,37 mlrd so'm aylanma, 152 o'tkazma, 159 faktura, 35 kontragent.
Qo'lda
bir necha kun
- ·Ikkita Excel'ni yonma-yon ochib, ko'z bilan solishtirish
- ·Bitta kontragent bir nechta nom bilan yozilgan — qo'lda birlashtirish
- ·Kommunal va byudjet to'lovlari orasida adashish
- ·Xato topilsa — hammasini boshidan
Moslik
bir necha soniya
- Fayllarni o'z holicha yuklash — bank formatini o'zgartirish shart emas
- Kontragent STIR bo'yicha o'zi birlashtiriladi
- Kommunal/byudjet alohida toifaga ajraladi, JAMI esa to'liq qoladi
- Farq bor qatorlar rangda ajralib turadi
Uch qadamda
Fayllarni yuklang
Ikkita fayl kerak: bankdan olingan ko'chirma va E-fakturadan yuklangan fakturalar ro'yxati. Ikkalasini birga tanlasangiz ham bo'ladi.
Formatlar: .xls, .xlsx, .csv. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklang.
Excel / CSV fayllarni tanlang
.xls · .xlsx · .csv
Tizim nimani o'qiganini ko'rsatadi
Yuklangandan keyin birinchi ko'rinadigan narsa — natija emas, TEKSHIRUV: qaysi fayldan qaysi varaq, nechta qator o'qildi va faylning o'z yakuni bilan mos keldimi.
Qoldiq tenglamasi faylning o'zini tekshiradi: boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim oxirgi qoldiqqa teng chiqmasa, tizim buni AYTADI va natijani jimgina ko'rsatavermaydi.
Qoldiq tenglamasi — boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq
✓IMANMAX.xls3 038 511,11 + 722 034 354,04 − 699 298 176,27 = 25 774 688,88
Farqni ko'ring
Jadvalda har bir kontragent bo'yicha: qancha pul o'tgan, qancha faktura bor va oradagi farq. Oxirgi ustun nima qilish kerakligini so'z bilan yozadi.
Natijani Excel'ga yuklab olish va bitta kontragent uchun Akt sverki tayyorlash mumkin.
Ikkita sverka — ikkita savol
Ikkalasi ham bitta korxona uchun, lekin pulning yo'nalishi boshqa. Aralashtirib yubormaslik uchun har birining o'z rangi bor.
Chiqim sverkasi
To'langan pul ↔ Kelgan faktura
Siz pul to'ladingiz. Yetkazib beruvchi faktura yozib berdimi? Kim faktura bermagan — shu yerda ko'rinadi.
Kirim sverkasi
Tushgan pul ↔ Yozilgan faktura
Sizga pul tushdi. Siz faktura yozib berdingizmi? Kim to'lamagan — shu yerda ko'rinadi.
Nima bor
Har biri haqiqiy faylda chiqqan muammodan kelib chiqqan — ro'yxat to'ldirish uchun emas.
Qoldiq tenglamasi
Boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq. Debet bilan kredit almashib ketsa faylning «Itogo» qatori buni SEZMAYDI — bu tenglama sezadi va aytadi.
Format xotirasi
Notanish bank shakli kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi. Xotira umumiy — har yangi foydalanuvchi hamma uchun tizimni kuchaytiradi.
Kommunal va byudjet ajraladi
Ular asosiy jadvalni chalg'itmaydi, lekin HECh QACHON o'chirilmaydi — tepadagi «JAMI» har doim to'liq summa bo'lib qoladi.
Akt sverki
Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama hujjat: Data · Dokument · Debet · Kredit, Saldo va Oboroti qatorlari bilan. Excel'da, bosishga tayyor.
Sinovda nima topildi
Haqiqiy 7 oylik ma'lumotda — 1,37 mlrd so'm aylanma, 152 o'tkazma, 159 faktura, 35 kontragent. Tizim buxgalter O'TKAZIB YUBORGAN farqlarni topdi:
- HUDUDGAZTA'MINOT50 278 000— faktura bor, to'lov yo'q
- O'zbekiston pochtasi227 503— faktura bor, to'lov yo'q
- Zero Waste1 366 176— farq 28%
Narx
Cheklov sverka soniga emas, KORXONA soniga. Sverkani qancha xohlasangiz shuncha marta qayta yuklasangiz bo'ladi.
Bepul
Sinab ko'rish uchun
Bepul
- 3 ta korxona
- 1 foydalanuvchi
- Sverka cheksiz
- Barcha hisobotlar
Buxgalter
Ko'pchilikka mosMijozlari bor buxgalter uchun
9 999so'm/oy
- Korxona cheksiz
- 1 foydalanuvchi
- Sverka cheksiz
- Barcha hisobotlar
Byuro
Jamoa bilan ishlaydigan byuro uchun
39 999so'm/oy
- Korxona cheksiz
- 5 foydalanuvchi
- Sverka cheksiz
- Umumiy ish maydoni
Hozircha to'lov qabul qilinmaydi — hamma hisob bepul rejada ishlaydi. Pulli reja kerak bo'lsa, yozib qoldiring: kim so'raganini bilamiz va avval o'shalarga ochamiz.
Keyin nima bo'ladi
Bular hali YO'Q. Va'da sifatida emas, yo'nalish sifatida yozilgan.
Virtual Ombor (Astatka)
MXIK (IKPU) kodlari bo'yicha tovar qoldiqlarini avtomatik hisoblash.
AI tahlil va prognoz
Soliq xavflarini oldindan ko'rsatish va avtomatik balans tuzish.
To'g'ridan-to'g'ri ulanish
Excel o'rniga bank va E-faktura bilan bevosita aloqa (1C «Kliyent-Bank», camt.053).
Tez-tez so'raladigan savollar
Tizim raqamni o'zi tuzatib qo'yadimi?
Yo'q. Hech qachon. Tizim faqat faylda nima yozilganini o'qiydi va farqni ko'rsatadi. To'g'rilash — sizning qaroringiz.
Qaysi banklarning fayllari o'qiladi?
Hozir taniydigan shakllar: Hamkorbank, Ipoteka / ASBT va bir nechta umumiy ko'rinishlar. Notanish shakl kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi.
Fayllarim kimga ko'rinadi?
Faqat sizga. Har bir hisob o'z ish maydonida ishlaydi — boshqa foydalanuvchi sizning korxonalaringizni ham, summalaringizni ham ko'rmaydi.
Pulimi?
1 noyabrgacha hammasi bepul va cheksiz — karta so'ralmaydi, faqat ro'yxatdan o'tasiz. Keyin bepul reja qaytadi: 3 ta korxona, sverka cheksiz. Shu vaqtgacha yuklagan korxonalaringiz yo'qolmaydi — ular ko'rinishda qoladi, faqat yangisini qo'shish to'xtaydi.
Kommunal va soliq to'lovlari sverkani chalg'itmaydimi?
Ular alohida toifaga ajratiladi va asosiy jadvaldan olib turiladi. Lekin HECh QACHON o'chirilmaydi — tepadagi «JAMI» har doim to'liq summa bo'lib qoladi.
Qanday fayl formatlari qabul qilinadi?
Excel (.xls, .xlsx) va CSV. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklasangiz bo'ladi.
Akt sverki tayyorlab bera oladimi?
Ha. Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi: Data, Dokument, Debet, Kredit ustunlari va Saldo bilan. Excel fayl bo'lib yuklanadi.
Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?
Yuklangan faylning o'zi saqlanmaydi — u faqat o'qiladi. Siz «Saqlash» tugmasini bossangiz, natija jadvali o'z ish maydoningizda saqlanadi.
Bitta korxonada sinab ko'ring
Eng chalkash mijozingizning bank ko'chirmasi va faktura ro'yxatini yuklang. Farq bormi — bir daqiqada bilasiz.