Nima bor
Har bir imkoniyat haqiqiy bank faylida chiqqan muammodan kelib chiqqan — ro'yxat to'ldirish uchun emas.
Qoldiq tenglamasi
Boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq. Debet bilan kredit almashib ketsa faylning «Itogo» qatori buni SEZMAYDI — bu tenglama sezadi va aytadi.
Format xotirasi
Notanish bank shakli kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi. Xotira umumiy — har yangi foydalanuvchi hamma uchun tizimni kuchaytiradi.
Kommunal va byudjet ajraladi
Ular asosiy jadvalni chalg'itmaydi, lekin HECh QACHON o'chirilmaydi — tepadagi «JAMI» har doim to'liq summa bo'lib qoladi.
Akt sverki
Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama hujjat: Data · Dokument · Debet · Kredit, Saldo va Oboroti qatorlari bilan. Excel'da, bosishga tayyor.
Qarzdorlik yoshi
To'lanmagan faktura qoldig'i 0–30 / 31–60 / 61–90 / 90+ kun bo'yicha ajratiladi. Hisob FIFO: kelgan pul eng eski fakturadan boshlab yopiladi.
Besh varaqli Excel hisobot
Sverka · Yillar · Oyma-oy · To'lovlar · Fakturalar. Ekranda nima ko'rinsa, faylda ham o'sha.
O'z ish maydoningiz
Boshqa foydalanuvchi sizning korxonalaringizni ham, summalaringizni ham ko'rmaydi. Har hisob o'z maydonida.
Raqam o'zgartirilmaydi
Tizim faqat faylda nima yozilganini o'qiydi va farqni ko'rsatadi. «To'g'rilash» uchun qo'lda tuzatma qo'shilmaydi — to'g'rilash sizning qaroringiz.
Ikkita sverka — ikkita savol
Ikkalasi ham bitta korxona uchun, lekin pulning yo'nalishi boshqa. Aralashtirib yubormaslik uchun har birining o'z rangi bor.
Chiqim sverkasi
To'langan pul ↔ Kelgan faktura
Siz pul to'ladingiz. Yetkazib beruvchi faktura yozib berdimi? Kim faktura bermagan — shu yerda ko'rinadi.
Kirim sverkasi
Tushgan pul ↔ Yozilgan faktura
Sizga pul tushdi. Siz faktura yozib berdingizmi? Kim to'lamagan — shu yerda ko'rinadi.
Keyin nima bo'ladi
Bular hali YO'Q. Va'da sifatida emas, yo'nalish sifatida yozilgan.
Virtual Ombor (Astatka)
MXIK (IKPU) kodlari bo'yicha tovar qoldiqlarini avtomatik hisoblash.
AI tahlil va prognoz
Soliq xavflarini oldindan ko'rsatish va avtomatik balans tuzish.
To'g'ridan-to'g'ri ulanish
Excel o'rniga bank va E-faktura bilan bevosita aloqa (1C «Kliyent-Bank», camt.053).
Bitta korxonada sinab ko'ring
Eng chalkash mijozingizning bank ko'chirmasi va faktura ro'yxatini yuklang. Farq bormi — bir daqiqada bilasiz.